AsosiyJamiyat

Nukusda yo`lovchi poezdi o`smirni bosib ketdi

'Nukusda yo`lovchi poezdi o`smirni bosib ketdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yo`l vokzali yonida bo`lgan baxtsiz hodisa haqida ma`lumot berdi. Bu haqida "Makan.uz" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yil 5 yanvar kuni soat 13:45da Nukus shahri hududidan o`tuvchi "Xo`jayli-Nukus" temir yo`lining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli "Saratov-Urganch-Toshkent" yo`lovchi tashuvchi poezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo`l relsining o`rtasida qulog`iga quloqchin taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan R.D.ni bosib ketgan. Oqibatda, R.D. voqea joyida vafot etdi.

Ushbu holat bo`yicha hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar