AsosiyDunyo

AQShda o`n yildan beri komada yotgan ayol farzand ko`rdi

'AQShda o`n yildan beri komada yotgan ayol farzand ko`rdi'ning rasmi

AQShning Feniks shahar polisiyasi koma holatida homilador bo`lib, farzand ko`rgan ayol fakti yuzasidan tergov ishlarini boshladi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Hodisa Arizona shtatining markazida joylashganmaxsus tibbiy yordam ko`rsatuvchi Hacienda klinikasida ro`y bergan. Ayol kasalxonaga bundan o`n yil muqaddam joylashtirilgan. Ucho`kib ketayotganda qutqarilgan va shundan beri koma holatida bo`lgan. Ayol 29 dekabr kuni sog`lom bolani dunyoga keltirgan.

"Feniks shahar polisiya departamenti mazkur fakt yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atdi. Biz adolat qaror topishi uchun polisiya bilan hamkorlik qilmoqdamiz ", — dedi Arizona shtati gubernatori.

To tug`ruq vaqti etmagunga qadar, kasalxona xodimlari bemor ayolning homiladorligini bilishmagan. Bu hodisadan keyin tibbiy muassasadagi barcha erkak xodimlar faqatgina ayol shifokorlar hamrohligida bemorlar oldiga kirishi mumkinligi haqida yangi qoida joriy etildi.

    Boshqa yangiliklar