Reyter agentligi talqiniga ko`ra, AQSh 2018 yilda ayollar uchun eng xavfli bo`lgan mamlakatlar o`ntaligiga kiritildi, deb yozdi RIA novosti nashri.
Ro`yxat tuzilayotganda sog`likni saqlash, diskriminasiya, zo`ravonlik, ekspluatasiya kabi omillarga katta e`tibor qaratildi. Mazkur ro`yxatning birinchi o`rnini Hindiston, ikkinchisini Afg`oniston, uchinchi o`rinni Suriya egalladi. Keyingi o`rinlar Somali, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Yaman, Nigeriya va AQShga nasib etdi.
Bundan tashqari, Afg`oniston, Suriya va Somali 2018 yilda tibbiyxizmat ko`rsatish darajasi juda past bo`lgan mamlakatlar qatoriga kiritildi.






