Prezident Shavkat Mirziyoevning 5 yanvardagi «Turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoniga ko`ra, O`zbekistonda mehmonxona xizmatlari jismoniy shaxslarning yashash joyi (propiskasi), fuqaroligi, qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek shaxsiy hayotga oid huquqlarni cheklovchi boshqa omillardan qat`iy nazar taqdim etiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, sanab o`tilgan cheklovlar qonunchilikka zid keladi.
O`zbekistonda ko`p yillar davomida nikohda bo`lmagan juftliklarning mehmonxonalarda birga qolishi taqiqlangan.






