AsosiyJamiyat

Jizzaxda ichki ishlar organlari rahbarlarining malakasi oshirilmoqda

'Jizzaxda ichki ishlar organlari rahbarlarining malakasi oshirilmoqda'ning rasmi

Ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish instituti tomonidan Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi, hududiy ichki ishlar bo`limlari hamda tizimdagi boshqa idora va muassasalar rahbar va xodimlari uchun sayyor o`quv yig`ini o`tkazilmoqda.

Mamlakatimiz rahbarining 2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan o`quv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta`minlash, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ichki ishlar organlarida ma`naviy-ruhiy muhit barqarorligiga erishish kabi qator yo`nalishlarda bilim berilayotir.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik liseyi pedagogik jamoasi bilan liseyda o`qitilayotgan fanlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash bo`yicha ko`rgazmali amaliy mashg`ulotlar o`tildi. Lisey o`qituvchilariga klaster, tushunchalar tahlili, aqliy hujum, muammoli texnologiya, assisment, BBB, davra suhbati, baliq skeleti, binafsha guli, blis so`rov, ven diagrammasini qo`llashga doir ma`lumotlar berildi.

Mashg`ulot ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. O`quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanildi. Qatnashchilar zaruriy tarqatma materiallar bilan ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar