2019 yilning 4 yanvar kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan Ayollar ijtimoiy moslashuv Markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Mazkur Markaz faoliyati zo`ravonlik qurboni bo`layotgan ayollarga ko`mak ko`rsatishga yo`naltirilgan.
Markazda ruhshunos, yurist, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u erga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar ko`rsatiladi. Zarur hollarda ayollarga kasb-hunar o`rgatilib, ularning ijtimoiy moslashishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Shu kunning o`zida Zangiota tumanida uy-joyga muhtoj, yashash sharoiti og`ir bo`lgan ayollarga yangi uylarning kalitlari topshirildi.

Aytish joizki, shu kuni 16 ta shahar va tumanlardagi 100 nafar uy-joyga muhtoj, nogironligi bo`lgan xotin-qizlarga uy-joylar ajratilib, uylarning kalitlarini o`z egalariga topshirilish marosimi bo`lib o`tdi.






