AsosiyJamiyat

Shohimardonga Yangi yilning dam olish kunlarida 5 mingga yaqin aholi sayohat qildi

'Shohimardonga Yangi yilning dam olish kunlarida 5 mingga yaqin aholi sayohat qildi'ning rasmi

Yangi yilning ilk kunlarida shahar va tumanlardagi besh mingga yaqin turli soha vakillari Farg`ona tumani Shohimardon qishlog`ida sayohatda bo`lib, maroqli hordiq chiqarishdi. Farg`ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan bu tadbir barchaga manzur bo`ldi.

Shohimardon fusunkor tabiati, zilol suvlari, ming dardga davo nabotot olami bilan etti iqlimga mashhur bo`lib, dengiz sathidan 2500-2700 metr balandlikda joylashgan, to`rt tarafi tog` bilan o`ralgan.

Osmono`par tog`larning bir tomoni oppoq qor bilan qoplanganiga ko`zingiz tushsa, yana bir tarafida qishin-yozin doimiy yashillik hukmron. Xuddiki rassom mo``jizakor mo`y qalami bilan ranglar jilosi ila sayqal berganiday manzaraning hosil bo`lgani har qanday kishining e`tiborini tortishi shubhasiz, albatta.

Qo`shni Qirg`iziston bilan chegaralarning ochilgani Shohimardonga yana qaynoq hayotni qaytarib berdi. Viloyat hokimligining tashabbusi bilan bu erda turizmni rivojlantirish borasida ko`plab ishlar amalga oshirildi. Bu erga keluvchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Qish fasli bo`lishiga qaramasdan Shohimardonda yaratilgan sharoitlar bugun dam oluvchilarning ko`nglini tog`dek ko`tarib, ularga xushkayfiyat ulashmoqda, deb yozadi O`zA.

Ayniqsa, “Shohimardon tonggi” jamoasi tomonidan uyushtirilayotgan turli ko`rinishdagi chiqishlar, dorbozlik o`yinlari-yu polvonlik tomoshalari barcha yurtdoshlarimizga manzur bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar