AsosiyJamiyat

​Samarqandda ilk bor harbiy xizmatchi ayollar forumi o`tkazildi

'​Samarqandda ilk bor harbiy xizmatchi ayollar forumi o`tkazildi'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrugi qo`mondonligi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchi ayollarining Forumi o`tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda O`zbekiston Qurolli Kuchlarida hamda xorijiy davlatlarda harbiy xizmatchi ayollarni harbiy xizmatga chaqirishdagi talablar, shuningdek, ularning huquq va majburiyatlari, ularga yaratilgan imtiyozlar to`g`risida ma`lumotlar berildi.

Forumni o`tkazishdan maqsad O`zbekiston Prezidentining serjantlar tarkibiga qaratilgan talablarini tushuntirish, milliy armiyamiz saflarida mas`uliyatli, tashabbuskor yoshlarni birlashtirish, harbiy xizmatchilar faolligini oshirishdan iborat.

Ta`kidlash kerakki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchialrning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1,5 mingga yaqin ayollar rahbarlik lavozimida o`tiribdi.


Birinchi bor o`tkazilgan Forum doirasida ayol harbiy xizmatchilarda xizmat vazifasini o`tash chog`ida yuzaga kelayotgan muammo va takliflar muhokama qilindi, ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Namunali xizmat ko`rsatgan ayollar munosib taqdirlandi.

Tadbir yakunida taniqli xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar davraga o`zgacha fayz bag`ishlab, barchaga a`lo kayfiyat ulashdi.


    Boshqa yangiliklar