Kecha soat 18.00 da O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboevning Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali My5 telekanalining madhiyasi premera qilindi.
Ma`lumki, “Mening yurtim” telekanali O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va “O`zbekkonsert” davlat muassasasi hammuassisligida yoshlar auditoriyasi uchun faoliyat yuritadi.
O`zbekiston telekanallari reytingida eng yuqori uchlikdan muqim o`rin egallagan kanal o`zining “Markaziy studiya”, “E`tibor markazida”, “Hudud”, “Diydor shirin” kabi ko`rsatuvlari va yoshlarbop formatdagi rang-barang dasturlari bilan tomoshabinlar o`rtasida ancha mashhur hisoblanadi.






