AsosiyJamiyat

Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti tashkil qilinadi

'Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti tashkil qilinadi'ning rasmi

Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar sohasida Toshkent shahrida Amiti universiteti (Hindiston) tashkil qilinadi. Bu 2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o`z ifodasini topgan, deb yozadi "Xalq so`zi".

Shu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida:

  • axborot texnologiyalari, sun`iy intellekt va menejment yo`nalishlari bo`yicha Universitet faoliyatini 2019/2020 o`quv yilidan boshlash;
  • Universitet o`quv binosini jihozlash va rekonstruksiya qilish, uning auditoriya va laboratoriyalarini xalqaro standartlar asosida zamonaviy uskuna va texnika bilan jihozlash;
  • xalqaro standartlarga muvofiq o`quv reja va dasturlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

Prezident qarori loyihasiga ko`ra, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2019 yilning 1 avgustiga mazkur vazifalarni bajarishi belgilab qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar