Rossiyaning Magnitogorsk shahrida gaz portlashi oqibatida qulab tushgan binoda olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv jarayoni o`z nihoyasiga etdi, deya xabar bermoqda Variety nashri.
Hozirga qadar turar joy binosining vayronalari ostidan 39 kishining jasadi chiqarib olingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqa jasadlar qolmagani tufayli jarayon yakunlanganini rasman ma`lum qilmoqda. Magnitogorskda qurbonlarning birinchi dafn marosimi ham bo`lib o`tdi. Biroq shundan so`ng kasalxonada yana bir necha kishi hayotdan ko`z yumgan.






