Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra joriy o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to`lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to`lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.
Shuningdek, mazkur muddat oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga 2018-2019 o`quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko`ra etarli ball to`plamagan va oshirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qish istagini bildirgan abiturientlar va O`zbekistonda o`qiyotgan xorijiy fuqarolarga ham tegishlidir.






