Toshkent shahrida archalar o`rnatiladigan va bayram tadbirlari o`tkaziladigan joylar ma`lum bo`ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona orqasida, Istiqlol ko`chasida o`rnatiladi.
Bundan tashqari, qishning asosiy bayrami kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi. Ular Xalqlar Do`stligi va Xadra maydonlarida Toshkent Davlat sirki oldida, "Next" va "Compass" savdo-ko`ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasida "Roison Elektronics" korxonasi yonida o`rnatiladi.
Tuman hokimliklari, shuningdek, poytaxt hayvonot bog`i, "Ecobozor" savdo kompleksi hududida, "GreenPark"da, "Ashxobod", "Do`stlik", "Eko park", Mirzo Ulug`bek nomidagi "Central Park" bog`larida, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr oldida, O`zbekiston Milliy banki yonida va boshqa joylarda bayram tadbirlarini uyushtiradi.






