BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi «Dunyo etakchilari Instagram'da» nomli tadqiqotini e`lon qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Instagram sahifasiga a`zo bo`lganlar soni bo`yicha sobiq Ittifoq hududidagi siyosatchilar ichida peshqadamlardan biri ekani ma`lum bo`ldi.
BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi e`lon qilgan «Dunyo etakchilari Instagram'da» nomli tadqiqotida 426ta rasmiy davlat akkauntlari taqqoslangan.

O`zbekistondan bu izlanishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev hamda Bosh vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnashdi.






