AsosiySport

Umid Ahmadjonov Dohada bo`lib o`tayotgan FIFA sammitida qatnashmoqda

'Umid Ahmadjonov Dohada bo`lib o`tayotgan FIFA sammitida qatnashmoqda'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun Qatar mamlakatiga jo`nab ketgan edi.

Bugun Doha shahrida sammitning asosiy sessiyalari boshlandi. Unda FIFAga a`zo 5ta konfederasiyadan 50ta mamlakat vakillari orasida O`zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etmoqda.

Sammit davomida FIFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, tashkiliy qo`mita hisobotlari tinglanyapti. Shuningdek, FIFAga a`zo futbol assosiasiyalarini FIFA Forward dasturi asosida moliyaviy qo`llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinmoqda. FIFA Forward dasturi asosida a`zo mamlakatlar futbol assosiasiyalari futbol infratuzilmasini yaxshilash, sun`iy va tabiiy qoplamali maydonlar barpo qilish va ularni rekonstruksiya qilish, bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish hamda boshqa ko`plab shu kabi yo`nalishlar bo`yicha moliyaviy yordam olishlari mumkin.

Bundan tashqari, sammit sessiyalarida FIFA tasnifi ostida o`tayotgan musobaqalarda VAR tizimini yo`lga qo`yish, bu tizimni rivojlantirish bo`yicha ham amaliy takliflar ko`rib chiqiladi.

Qatarda bo`lib o`tayotgan FIFA sammiti 13 dekabr kuni o`z yakuniga etadi.

    Boshqa yangiliklar