AsosiySport

Toshkentda shosse bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tadi

'Toshkentda shosse bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tadi'ning rasmi

2019 yilning aprel oyida yurtimizda velosportning shosse yo`nalishi bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.

Ana shu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko`rish maqsadida, shosse bo`yicha terma jamoamiz a`zolari shu kunlarda Toshkent viloyatining G`azalkent shahrida o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib bormoqdalar. Terma jamoamizning 16 nafar sportchisi murabbiy Yu.Abrekov boshchiligida 20 dekabrga qadar yig`in o`tkazadilar.

Eslatib o`tamiz, shosse bo`yicha Osiyo chempionati kelasi yilning 22-28 aprel kunlari Toshkentda o`tkaziladi. Bahslarda qit`amizning 40 ga yaqin davlatidan 600 nafardan ziyod velosportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu Osiyo chempionati Tokio 2020 Olimpiadasiga lisenziya taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar