Joriy yilning 12 dekabr kunidan boshlab "Toshkent–Qo`ng`irot–Toshkent" yo`nalishida xaftaning bir kunida qatnovni amalga oshirib kelayotgan №52/51 yo`lovchi poezdi xarakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi.
Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berdi.
"Poezd endilikda Toshkentdan Qo`ng`irot tomon xaftaning har payshanbasida emas, balki chorshanba kuni qatnovni amalga oshiradi. Qo`ng`irotdan esa payshanba kuni emas, juma kuni poytaxt tomon xarakatlanadi", - deyilgan xabarda.






