Bugun, 10 dekabr kuni Toshkentda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasiga bag`ishlangan xalqaro media-forum o`z ishini boshladi.
Kechqurun media-forum doirasida X Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali ham bo`lib o`tadi. "Uzeksposentr"ga bosh sovrin - Spark avtomobili olib kelindi.
Hay`at a`zolari tomonidan 3ta nominasiya bo`yicha eng yaxshi media-mahsulot tanlab olinadi:
- "Madaniy-tarixiy O`zbekiston";
- "O`zbekiston – turistik maskani";
- "Gastronomik O`zbekiston".
Eslatib o`tamiz, tanlovning har 3 ta nominasiya bo`yicha 1-o`rinni qo`lga kiritgan 3 nafar final ishtirokchisi festival gran-prisi - bosh sovrin – “Spark” avtomobili uchun nomzod etib belgilanadi. Hamkamlar tomonidan jonli ovoz berish orqali g`olib deb topilgan ishtirokchiga bosh sovrin beriladi.
Festivalga, shuningdek, xorijiy ishtirokchilarning roliklari ham qo`yiladi. Ekspert guruhi tomonidan eng yaxshi deb topilgan 3 ta rolik onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi.
Tanlovda g`olib bo`lgan xorijlik ishtirokchi uchun asosiy sovrin – VIP-tur - O`zbekistonning eng ko`p o`rganilmagan, sirli va muqaddas joylariga tashrif buyurish imkoniyati yaratiladi. VIP-tur tashkilotchisi – O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi.






