AsosiySport

Bahodir Jalolov professional boksdagi to`rtinchi g`alabasiga erishdi

'Bahodir Jalolov professional boksdagi to`rtinchi g`alabasiga erishdi'ning rasmi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan og`ir vaznli charm qo`lqop ustasi Bahodir Jalolov bugun o`zining navbatdagi jangida ringga ko`tarildi.

AQShning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi «Industry Hills Expo Center» majmuasida o`tkazilgan jangda bokschimizga amerikalik Valentin Markes raqiblik qildi.

Quvonarlisi, Bahodir jangning birinchi raundidayoq Markesni nokautga uchratdi va faoliyatidagi to`rtinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi.

Shu tariqa, Bahodirning prof ringda o`tkazgan janglari soni to`rttaga etdi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Valentin esa prof ringda 10ta jang o`tkazgan. Beshta jangda g`alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 5ta jangda mag`lubiyat alamini totib ko`rgan. Bahodirga qarshi bahsda u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.

    Boshqa yangiliklar