AsosiyJamiyat

​"“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni" qo`shiqlar ko`rik-tanlovi finalining o`tkazilish sanasi ma`lum bo`ldi

'​"“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni" qo`shiqlar ko`rik-tanlovi finalining o`tkazilish sanasi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 15 dekabr kuni O`zbekiston Mudofaa vazirligi Ma`naviyat va ma`rifat markazida “Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” qo`shiqlar ko`rik-tanlovi hamda “Posboniman muqaddas yurtning” nomli she`rlar tanlovining yakuniy bosqichi bo`lib o`tadi.

Mazkur tanlov O`zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2015 yil 29 dekabrda imzolangan “Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi she`r va qo`shiqlar tanlovini o`tkazish to`g`risida”gi qo`shma qarori asosida an`anaviy tarzda o`tkazib kelinadi.

Tanlov nizomiga ko`ra “Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” ko`rik-tanlovida nominasiyalar bo`yicha g`olib deb topilgan har bir qo`shiq mualliflariga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofoti ajratiladi:

  • birinchi o`ringa (1 ta) – 3 000 000 (uch million) so`m;
  • ikkinchi o`ringa (1 ta) – 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so`m;
  • uchinchi o`ringa (1 ta) – 2 000 000 (ikki million) so`m.

“Posboniman muqaddas yurtning” nomli she`rlar tanlovining g`oliblari O`zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasining diplomi hamda quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

  • birinchi o`ringa (1ta) – eng kam ish haqining 5 (besh) barobari miqdoridagi pul mukofoti;
  • ikkinchi o`ringa (1 ta) – eng kam ish haqining 4 (to`rt) barobari miqdoridagi pul mukofoti;
  • uchinchi o`ringa (1 ta) – eng kam ish haqining 3 (uch) barobari miqdoridagi pul mukofoti.

    Boshqa yangiliklar