Messi Ispaniya chempionatida yangi rekord o`rnatdi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri.
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi “Espanola”ga qarshi kechgan matchning 17-daqiqasida jarima to`pi orqali raqib darvozasiga gol kiritdi.
Bu bilan u Ispaniya chempionatida 13 mavsumda ketma-ket 10 ta gol urgan futbolchiga aylandi.
Match esa “Barsa” g`alabasi bilan yakunlangan.






