Filippinda YTH oqibatida olti kishi halok bo`ldi, deya xabar qilmoqda Day.Az nashri.
Bundan tashqari, 14 kishi jiddiy jarohat olgan.
Hodisa Manilaning janubidagi Laguna provinsiyasida ro`y bergan.
Ma`lum bo`lishicha, 10 ta g`ildirakli fura Santa-Roza yo`lida boshqaruvni yo`qotgan va boshqa mashinalar bilan to`qnashib ketgan.






