AsosiyJamiyat

Jizzaxda is gazidan bir oilaning 5 nafar a`zosi zaharlandi

'Jizzaxda is gazidan bir oilaning 5 nafar a`zosi zaharlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida shu yilning 7 dekabr kuni ko`ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Bog`ishamol MFYda yashovchi H.E. uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o`zi va birga yashovchi turmush o`rtog`i G.I., o`g`li K.M., ukasi H.E. hamda kelini N.T. zaharlangan.

K.M. kasalxonaga yotqizilib, H.E., G.I., H.E. hamda N.T.ga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar