AsosiyJamiyat

Muftiy hazrat Fransiyaga jo`nab ketdi

'Muftiy hazrat Fransiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Bugun, 9 dekabr kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaning Parij shahrida bo`lib o`tadigan Xalqaro musulmonlar forumida ishtirok etish uchun jo`nab ketdilar, deb xabar berdi O`zbekiston musulmonlar idorasi.

Ushbu yirik tadbir Xalqaro musulmonlar forumi kotibiyati, Rossiya musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi, Moskva Islom instituti, Finlyandiya musulmon tashkilotlari tarmog`i va Butunjahon mazhablarni yaqinlashtirish forumi tomonidan tashkil etildi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya musulmonlar kengashi, Italiyaning dinlararo va madaniyatlararo ta`lim fondi tomonidan qo`llab-quvvatlangan.

Xalqaro musulmonlar forumi har yili dunyoning etakchi mamlakatlari poytaxtlarida ko`p yillardan buyon o`tkazib kelinadi. 2014 yil Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida, 2015 yil Buyuk Britaniyaning London shahrida, 2016 yil Fransiyaning Parij shahrida, 2017 yil Finlyandiyaning Xelsinki shahrida Xalqaro musulmonlar forumining yig`ilishlari o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar