Ayollar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish maqsadida 3-8 dekabr kunlari respublika bo`ylab “Xotin-qizlar sport haftaligi” o`tkazildi.
Sport haftaligi davomida badantarbiya mashg`ulotlari, sportning badminton, voleybol, stol tennisi, estafeta bahslari, shaxmat va shashka o`yin turlari bo`yicha tadbirlar bo`lib o`tdi.
Haftalik davomida respublikamiz bo`yicha o`tkazilgan 1 596 ta sport va badantarbiya tadbirlarida 900 000 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo`yicha istiqboldagi muhim vazifalar to`g`risida”gi majlis bayoni ijrosini ta`minlash hamda sportning o`yin turlari bilan shug`ullanish uchun sport ob`ektlari quvvatlaridan samarali foydalanish, aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish maqsadida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan reja asosida o`tkazilmoqda.






