AsosiyJamiyat

Huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma`lumot beruvchi "Telegram" kanali ishga tushdi

'Huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma`lumot beruvchi "Telegram" kanali ishga tushdi'ning rasmi

Kanalning maqsadi huquqiy ma`rifatni tarqatish, chet elliklar, investorlarni O`zbekiston huquqiy tizimi haqida xabardor qilish, respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida ob`ektiv, xolis axborot tarqatishdir.

Shu bilan birga, @leginf kanalida u yoki bu masalada professional yuristlar, huquq-tartibot organlarining munosabati taqdim etiladi.

Kanaldagi aksariyat materiallar Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida berilgan ma`lumotlarning tarjimalaridan iborat bo`lishi ko`zda tutilgan.

Shu bilan birga, kanalda ingliz tilida qiziqarli huquqqa oid ma`lumotlar ham berib boriladi.

Bundan tashqari, kelgusida @leginf kanalida ingliz tilini o`rganuvchilar uchun audio, video va boshqa materiallar berib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi o`zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar