Aktyor Kevin Xart “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimini olib borishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Bunga sakkiz yil oldin aktyorning tvitlari bilan bog`liq janjallar sabab bo`lgan.
“Men “Oskar”ni olib bormaslikka qaror qildim... Negaki ushbu marosimga keladigan iqtidorli va nufuzli aktyorlarni o`zimning muammom bilan chalg`itishni istamayman. Mening nomzodimni tanlagani uchun Amerika kinoakademiyasidan minnatdorman”, - deydi Kevin Xart.






