Gresiyada polisiya tomonidan otib o`ldirilgan 15 yoshli o`smir Aleksis Grigoropulosni xotirlash kuni katta mojaroga aylandi, deya xabar qilmoqda News.day.az nashri.
Afina shahrida boshlangan xotira marosimi avvaliga tinch o`tayotgan edi. Keyin esa talabalar va maktab o`quvchilaridan iborat marosim ishtirokchilari g`azablangan holda parlament binosi oldida to`s-to`palon ko`tarishni boshlashgan. Ularni to`xtatishga uringan polisiya va olomon o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tmoqda.
Eslatib o`tamiz, 2018 yil 6 dekabr kuni Afinada bir guruh yoshlar polisiya mashinasiga tosh otgan. Polisiya ularga uzgan, o`q esa 15 yoshli Aleksis Grigoropulosni o`limiga olib kelgan edi.






