AsosiyJamiyat

Prezident 136 nafar mahkumni afv etdi

'Prezident 136 nafar mahkumni afv etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida"gi farmonni imzoladi.

Bu haqda Prezident O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida aytib o`tdi:

"Ulug` bayram – Konstitusiya kuni munosabati bilan bugun maxsus Farmonni imzoladim. Unga ko`ra, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lib, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan 136 nafar shaxs afv etildi".

    Boshqa yangiliklar