AsosiyJamiyat

55 nafar soliq xizmati organlari xodimlari taqdirlandi

'55 nafar soliq xizmati organlari xodimlari taqdirlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Tadbirda erishilgan natijalar tahlil etildi. Ma`lum qilinishicha, viloyatning byudjet tushumlari joriy yilning 11 oyida 5 trln. 382 mlrd. so`mga reja ko`rsatkichi ortig`i bilan bajarildi.

Soliq solish bazasini kengaytirish, yangi loyihalarni ishga tushirish, faoliyatini to`xtatgan korxonalarga ko`maklashish, o`z faoliyatlarini qayta tiklash va soliq qarzlarini soliq idoralari tomonidan sudgacha bo`lgan jarayonda undirib olinishi natijasida joriy yilning 11 oyida tushumlar miqdori o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1 trln. 848 mlrd. so`mga yoki 152,3 foizga o`sdi.

Tadbirda ushbu amaliy natijalarga erishish uchun o`z hissasini qo`shgan 55 nafar Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari Konstitusiya bayrami munosabati bilan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi

    Boshqa yangiliklar