AsosiySport

Sanjar Rahmonov AQShda navbatdagi g`alabasiga erishdi

'Sanjar Rahmonov AQShda navbatdagi g`alabasiga erishdi'ning rasmi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov bugun Las-Vegasda navbatdagi jangida ringga ko`tarildi.

Bu safar bokschimizga amerikalik charm qo`lqop ustasi Jonatan Stil raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo`ljallangan jang to`liq davom etdi va g`olib ochkolar hisobiga ko`ra aniqlandi. To`qnashuv yakuniga ko`ra hakamlar bir ovozdan Sanjarning 77:75, 77:75, 78:74 hisobida g`alaba qozonganini qayd etishdi.

Ma`lumot uchun bugungi to`qnashuv Sanjar uchun professional boksdagi 13-jang bo`ldi. Hamyurtimiz ularning 11 tasida g`alaba qozongan (5 tasi nokaut evaziga) Bitta jangda durang va yana birida mag`lubiyat qayd etgan.

Jonatan Stil esa professional boksdagi 11-jangida ringga ko`tarildi. Ushbu janglarining 8 tasini g`alaba bilan yakunlagan (6 tasi nokaut). Bitta jangda durangga erishgan. Bugungi mag`lubiyat esa Stil uchun faoliyatidagi ikkinchisi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar