AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Belarus qo`shma instituti Minskda tashkil etilmaydi

'O`zbekiston va Belarus qo`shma instituti Minskda tashkil etilmaydi'ning rasmi

O`zbekiston va Belarus Respublikasi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijasida Minsk shahrida Amaliy mutaxassisliklar institutining tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

O`zbekiston oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raddiya berdi. Unda qayd etilishicha, mazkur institutga o`zbekistonlik yoshlarni ko`proq qamrab olish hamda yurtimizda nufuzli xorijiy oliy ta`lim muassasasi faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida tomonlarning o`zaro kelishuvi asosida O`zbek-Belarus instituti O`zbekistonda tashkil etiladi.

"Vazirlik keng jamoatchilikdan mazkur institut bilan bog`liq axborotdagi noaniqlik uchun uzr so`raydi. O`ylaymizki, mamlakatimizda yana bir nufuzli xorijiy oliy ta`lim muassasasining tashkil etilishi xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni xursand qiladi", - deyiladi vazirlik axborot xizmati tarqatgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar