AsosiyJamiyat

Tarixda ilk bor ko`zi ojizlar uchun O`zbekiston Konstitusiya chop etildi

'Tarixda ilk bor ko`zi ojizlar uchun O`zbekiston Konstitusiya chop etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz tarixida birinchi marta nashr etilgan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining brayl alifbosi nashr etildi.

Bugun, 7 dekabr kuni Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan ko`zi ojizlar maktab-internati (Yashnobod tumani, Parkent ko`chasi, 20-uy)da mazkur nashr taqdimotiga bag`ishlangan xayriya tadbiri o`tkazilmoqda.

Xayriya tadbirida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori v.b. Komil Allamjonov so`zga chiqib, ko`zi ojizlarni ijtimoiy himoya qilish va ularning to`laqonli hayot kechirishi, xususan, zarur adabiyotlar bilan ta`minlash borasida O`zbekiston matbuot va axborot agentligining tashabbuslari haqida ma`lumot berdi.

K.Allamjonov taqdimot davomida maktab internat tarbiyalanuvchilariga bayram sovg`alarini topshirdi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi brayl yozuvida "Yog`du" nashriyoti tomonidan chop etilgan.

    Boshqa yangiliklar