AsosiyJamiyat

Mohir o`zbek oshpazlari pazandachilik chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritishdi

'Mohir o`zbek oshpazlari pazandachilik chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritishdi 'ning rasmi

Istanbulda bo`lib o`tgan musulmon davlatlar o`rtasidagi pazandachilik chempionatida O`zbekiston jamoasi faxrli birinchi o`rinni egalladi.

Bu haqda O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mohir oshpazlar halol taom tayyorlash bo`yicha kuch sinashishdi. O`zbekiston sharafini Xalqaro o`zbek pazandachiligi san`ati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi.

Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi o`ringa sazovor deb topildi.

    Boshqa yangiliklar