AsosiyJamiyat

Toshkent metro poezdida nosozlik kuzatildi

'Toshkent metro poezdida nosozlik kuzatildi'ning rasmi

2018 yil 6 dekabr kuni soat 18 dan 18 daqiqa o`tganda Toshkent metrosining O`zbekiston yo`li "Mashinasozlar" bekatida birinchi yo`l bo`yicha harakatlanayotgan metro poezdi eshiklarining ochilib yopilishidagi havo tizimida nosozlik kuzatilganligi bois mazkur harakat tarkibi depoga olib kirildi.

"O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu vaqt mobaynida boshqa metro poezdlari Toshkent metro bekatidan aylantirilib harakat tashkil qilindi.

Nosozlik 15 daqiqada bartaraf etilib, mazkur yo`nalishdagi metro poezdlari belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirdi.

    Boshqa yangiliklar