AsosiyJamiyat

Yo`qolgan 11 yoshli bola yarim tunda avtobus bekatidan topildi

'Yo`qolgan 11 yoshli bola yarim tunda avtobus bekatidan topildi'ning rasmi

Joriy yilning 1 dekabr kuni soat 22:00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga 11 yoshli Saidmansur S. ismli bola yo`qolganligi haqida ariza kelib tushgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida ma`lum bo`lishicha, 1 dekabr kuni soat 9.00 da Saidmansur Olmazor tumanida joylashgan uyidan chiqib, noma`lum yo`nalishda ketgan. Soat 17.00 da onasiga Yunusbod tumanida yashovchi buvisining uyidan qo`ng`iroq qilgan. Shundan so`ng buvisining uyidan chiqib, bedarak yo`qolgan.

IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, Saidmansur soat 00.10 da Yashnobod tumanidagi avtobus bekatida topilib, ota-onasiga topshirish uchun Yashnobod tumani 3-son IIO FMBga etkazildi.

    Boshqa yangiliklar