AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda "Damas"ni olib qochgan shaxs ushlandi

'Qashqadaryoda "Damas"ni olib qochgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 5 dekabrga o`tar kechasi noma`lum shaxs "Samarqand" MFYda yashovchi B.V.ni uyi oldida qarovsiz qoldirilgan "Damas" rusumli avtomashinani haydab qochgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G`uzor tumanida yashovchi A.Sh. sodir etganligi aniqlanib, G`uzor yo`li ko`chasida joylashgan avtobus bekati oldida viloyat IIB yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar