AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xorijga chiqish pasporti qanday bo`lishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda xorijga chiqish pasporti qanday bo`lishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkent IIBB YHXB xodimlari 6 dekabr kuni bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilishlaricha, 2019 yil 1 yanvardan xorijga chiqish stikerlarining o`rniga xorijga chiqish biometrik posporti joriy qilinadi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quydagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

- ish joyi, o`qish joyi yoki hududiy o`zini o`zi boshqarish organida tasdiqlangan ariza (bir nusxada);

- 3,5 sm. x 4,5 sm. hajmdagi bitta rasm;

- pasport nusxasi;

- harbiy komissariatdan (voenkomat) hujjat (harbiy xizmatni o`tashi kerak bo`lganlar uchun);

- davlat boji to`langanligi haqida kvitansiya.

To`lov miqdori taxminan EKIHning 1,5 baravarida (304 095 so`m) bo`ladi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 kun ichida tayyorlanadi. Yangi hujjatning amal qilish muddati 10 yil bo`lib, 48 betdan iborat bo`ladi.

Ta`kidlash joiz, fuqarolar viza talab qilinmaydigan davlatlarga oddiy biometrik pasportlari bilan 2021 yil 1 yanvarga qadar chiqishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar