AsosiyJamiyat

Farg`onada mudhish YTH: 3 nafar yosh qiz halok bo`ldi

'Farg`onada mudhish YTH: 3 nafar yosh qiz halok bo`ldi'ning rasmi

3 dekabr kuni Farg`ona viloyatining Quva tumani Guliston MFY hududidagi 279-kilometr 3-piketdagi yo`l kesishmasida mudhish yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Farg`onadagi maxsus muxbirimiz Odilxon Xo`jaev xabar berdi.

"Qo`qon-Marg`ilon-Andijon" yo`nalishidagi 6ta vagon ulangan elektropoezd "Oxunboboev-Quva" temir yo`l hududida "Damas" rusumli avtomashina bilan to`qnashib ketgan.

Poezd avtomobilni urib yuborishi oqibatida "Damas" avtomashinasidagi Quva tumanida yashovchi 8 fuqarodan 3 nafari voqea joyida hayotdan ko`z yumgan (ro`yxat):

1. Guljahxon Akbaralieva (1999 yilda tug`ilgan),

2. Sabohat Axmadjonova (2000 yilda tug`ilgan),

3. Marjona Karimova (2003 yilda tug`ilgan).

Jarohat olganlar:

4. Zarifa Komilova (1995 yilda tug`ilgan);

5. Jamila Saminova (1995 yilda tug`ilgan);

6. Sarvinoz Karimova (2000 yilda tug`ilgan);

7. Dildora Ahmadjonova (1995 yilda tug`ilgan);

8. Mardonbek Dehqonov (1986 yilda tug`ilgan).

Haydovchi va qolgan fuqarolarga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan, hozirda ularning ahvoli qoniqarli holatda.

Halok bo`lgan fuqarolar oilalariga yaqindan yordam ko`rsatish yuzasidan tegishli chora tadbirlar boshlab yuborildi.

Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi IIB tezkor tergov guruhi, Viloyat transport prokuraturasi xodimlari voqea joyiga kelib, yo`l transport hodisasiga sabab bo`lgan omillarni aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borishmoqda.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar