Kecha, 5 dekabr kuni soat taxminan 18:45 larda Qamchiq dovoni mudhish YTH sodir bo`lgan, deb xabar berdi Toshkent viloyati YPX matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Qamchiq dovoni hududidan o`tuvchi A 373 "M39 Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali O`sh" avtomobil yo`lining 214-kilometrida haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan K.B. Nexia-2 rusumli avtoulovni Angren-Namangan yo`nalishida boshqarib ketayotib, uxlab qolishi natijasida yo`l qurilish ishlarida xizmat ko`rsatayotgan "IVECO" rusumli maxsus avtokran orqasiga urilib to`qnashuv sodir etgan.
Nexia avtomashinasi haydovchisining uxlab qolishi oqibatida, o`zi va yo`lovchilar 1992 yilda tug`ilgan Q.F, 1999 yilda tug`ilgan F.X. 1936 yilda tug`ilgan A.K.ning umriga zomin bo`ldi.
Ushbu yo`l transport hodisasi yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






