Joriy yilning 5 dekabr kuni Xorazm viloyatining Bog`ot tumanida yashovchi Sh.M.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu xaqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida uyning 30 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zarar ko`rgan.
Shuningdek, yong`in o`chirish vaqtida Sh.M.ning ikki nafar farzandlari turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.
Yong`in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






