AsosiyJamiyat

"Jomboy" gazetasi muxbiri Malayziyaga ikki kishilik yo`llanmani qo`lga kiritdi

'"Jomboy" gazetasi muxbiri Malayziyaga ikki kishilik yo`llanmani qo`lga kiritdi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan aholida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishib boradigan bilimdon fuqarolarni rag`batlantirish maqsadida tanlov tashkil etilgan edi.

Malayziyaga ikki kishilik yo`llanmani qo`lga kiritish imkonini beruvchi mazkur tanlov 3-bosqichda o`tkazilib, unda 15 ming 368 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.

Odilov Orifjon Odiljon o`g`li (jurnalist, “Jomboy” gazetasi muxbiri) tanlovning mutlaq g`olibi deb topildi.

Bundan tashqari hakamlar hay`ati qaroriga asosan tanlovda faol ishtirok etgan Babaev Shuxrat Mustafo o`g`li (Milliy universitet kimyo fakulteti 4-kurs talabasi) hamda Otaboev Abror Hamdamovich (O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi Farg`ona viloyati kengashi bo`lim mudiri) ham diplom va qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

Vazirlik jamoasi tanlov g`olibi va sovrindorlarini chin tildan tabriklaydi.

    Boshqa yangiliklar