O`zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi hamda 14 yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Mening armiyam – mening faxrim» ijodiy ishlar ko`rik-tanlovi boshlandi.
Tanlovni o`tkazishdan maqsad yoshlarda vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish, Vatan taqdiriga befarq bo`lmaslikni ularning ongiga, qalbiga singdirishdan iborat.
Ijodiy ishlar 2019 yilning 5 yanvarigacha O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tegishli ma`lumotlar bilan yuborilishi lozim.
Ko`rik-tanlovda ishtirok etish uchun professional va havaskor yo`nalishlarda harbiy vatanparvarlik mavzusidagi quyidagi nominasiyalar bo`yicha ishlar qabul qilinadi:
— fotosurat, fotokollaj;
— tasviriy san`at, grafika, miniatyura;
— ko`rgazmali-targ`ibot vositalari (plakat, banner, flayer).
Tanlovga taqdim etilgan va dastlabki saralashdan o`tgan har bir ish belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.
Tanlov qatnashchilari mustaqil ravishda yoki ish (xizmat) joyi orqali o`z asarlarini “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek xiyoboni, 98” manzili bo`yicha «tanlovga» degan belgi bilan ariza yo`llashlari mumkin.
Arizani rasmiylashtirish talablariga rioya etmaslik kuzatilsa, tanlov materiallari ko`rib chiqilmaydi.
Yuborilgan ishlar nominasiyalar bo`yicha quyidagi tartibda baholanadi:
- birinchi o`rinni egallagan g`oliblar eng kam oylik ish haqining10 barobari miqdorida pul mukofoti va birinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi;
- ikkinchi o`rinni egallagan g`oliblar eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti va ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi;
- uchinchi o`rinni egallagan g`oliblar eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida pul mukofoti va uchinchi darajali diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlov g`oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 14 yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» arafasida o`tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun shoshiling!
Murojaat uchun telefon: (71) 269-89-29, (71) 269-89-32.






