AsosiyJamiyat

"Go On travel magazine" jurnalining O`zbekiston haqidagi maxsus soni nashrdan chiqdi

'"Go On travel magazine" jurnalining O`zbekiston haqidagi maxsus soni nashrdan chiqdi'ning rasmi

Janubiy Koreya Respublikasining “Go On travel magazine” nashrida dunyoning turistik shaharlaridan olingan betakror suratlar va bir-birini takrorlamaydigan qiziqarli ma`lumotlar e`lon qilib boriladi.

Oyda bir marta chop etiladigan ushbu jurnalning tiraji o`ttiz mingta bo`lib, nashr ma`lumotlari 500 mingdan ortiq elektron axborot manbalari orqali keng ommaga etkaziladi. Bu jurnalni mamlakatdagi jamoat joylarida, xususan, mehmonxona, kafe, shifoxona, temir yo`l vokzallaridan ham topish mumkin. Nashr Janubiy Koreyadagi “Korean No.1”, “Naver”, “Ilyo-Seoul”, “Travel-Chosun” va boshqa yirik biznes kompaniyalar uchun ishonchli va asosli ma`lumotlar manbasi bo`lib xizmat qiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu jurnalning noyabr oyidagi sonida Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi tarixiy obidalar haqida batafsil ma`lumotlar o`rin olgan. Materiallarda O`zbekiston o`zining necha ming yillik boy, qadimiy tarixi, arxitektura yodgorliklari va madaniyati, betakror tabiati bilan dunyo sayyohlari o`ziga jalb etib kelinayotgani haqida fikrlar bildirib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar