O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovasiya markazi” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida” 2018 yil 4 iyuldagi qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Qaror bilan “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovasion markazi hududida yangi ob`ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ va “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazma kompleksi AJ ustav kapitalidagi aksiyalar davlat paketi bo`yicha aksiyador huquqi berildi.
Shuningdek, qaror bilan “Interservis” respublika xo`jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasi davlat korxonasi Direksiyaga qo`shilishi belgilandi.
Eslatib o`tamiz, “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovasion markazi hududida yangi ob`ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” “Ni-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovasion markazi hududida yangi ob`ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi o`rnida tashkil etilgan.






