AsosiyJamiyat

41 nafar yoshlarga "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishoni topshirildi

'41 nafar yoshlarga "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishoni topshirildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shayotgan bir guruh yoshlarga "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishonini topshirish tantanali marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi.

Marosimda O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi xalq ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, O`zbekiston yoshlar ittifoqi etakchilari va faollari, "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishoni sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Ilm-fan, madaniyat, ta`lim, sog`liqni saqlash, san`at va jurnalistika, sport, qishloq xo`jaligi hamda kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan, ilmiy-ijodiy faoliyati orqali yuksak natijalarga erishayotgan 41 nafar yoshlarga sohalarning faxrli vakillari tomonidan "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishoni topshirildi.

"O`zbekiston belgisi" ko`krak nishoni sohiblarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov qutladi. Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi boshqarma raisi – Shavkat Javlonov, Respublika Xalq ta`lim vazirligi vaziri – Sherzod Shermatov, Respublika Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari – Ozodbek Nazarbekovlar "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishonlarini tantanali ravishda o`z egalariga topshirdilar.

"Rossiya yoshlar ittifoqi" Umumrossiya jamoat tashkiloti raisi o`rinbosari Seliverstova Tatyana Igorevna "Hi China" dunyo yoshlarini rivojlantirish forumi ijrochi prezidenti Lyu Silarning alohida faoliyati ham mazkur mukofotga munosib deb topildi.

    Boshqa yangiliklar