Kecha Yoshlar ijod saroyida "O`zbekiston belgisi" ko`krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarosi bilan "KRuz.uz" sayti asoschisi, marhum jurnalist, bloger Furqat Yusupovga ham "O`zbekiston belgisi ko`krak nishoni berildi. Unga atab alohida rolik namoyish etildi.
Uning mukofotini onasi Sayyora opa ko`zida yosh bilan qabul qilib oldi.

Bu holat zaldagilarga ham qattiq ta`sir qilmasdan qolmadi...
Qoraqalpog`istonlik yosh jurnalist va bloger Furqat Yusupov 2018 yil 7 iyul kuni Nukus tumanidagi anhorda cho`kayotgan ikki qizni qutqarish chog`ida vafot etgandi.
Yoshlar ittifoqi rahbariyati marhumning oila a`zolari holidan muntazam xabar olib turibdi.
Hozirda Furqatning 3 ta kitobi nashrga tayyorlanmoqda (hayotligida uchta kitobga yarasha ijod qilib qo`ygan ekan).






