Meksikada "Extreme Sailing" musobaqasining 2018 yilgi poygalari bo`lib o`tdi, deya xabar berdi 5-tv.ru nashri.
Los-Kabos sohillarida o`tkazilgan musobaqada dunyoning ko`plab mamlakatlaridan sportchilar ishtirok etishdi. 3 kun davom etgan poyga natijalariga ko`ra, Shvesariyaning Alingi jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rin Avstraliya terma jamoasi qo`lga kiritgan bo`lsa, uchinchi o`rin Ummon vakillariga nasib etgan.






