AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbaev: Propiska adolatli rejim emas

'Rasul Kusherbaev: Propiska adolatli rejim emas'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherbaev o`zining telegramdagi kanalida shu kunlarda muhokamadagi mavzu bo`lib turgan propiska mavzusiga o`z munosabatini bildirdi.

"Ochig`i shu propiska masalasidagi fikrlarni o`qib turib so`z va fikr erkinligi bugungi kunimizning eng muhim yutug`i ekanligini anglayapman. Nima bo`lganda ham, yaxshimi-yomonmi, fikr borligi muhim. Masalan, ayrimlardan farqli ravishda men propiska tizimini insonda tug`ilishdan oldin joyni tanlab dunyoga kelish imkoniyati bo`lmagani uchun real turmushimizdagi adolatli rejim, deb ayta olmayman. Bu mening shaxsiy fikrim, yoqadimi yo`qmi, bunisi menga qiziqmas. Bu mening fikrim!", - dedi Rasul Kusherbaev.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umirzoqov Facebook‘dagi sahifasida Toshkent propiskasi, aholining bir joyda ikkinchi joyga ko`chishi huquqi yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirib, propiska ochilsa jinoyatchilik ko`payishidan "ogohlantirgandi".

Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev esa poytaxtda doimiy propiska endilikda o`ziga xos biznesga aylangani haqida fikr yuritgan edi.

    Boshqa yangiliklar