AsosiyJinoyat

Voyaga etmagan mushtumzo`rlar

'Voyaga etmagan mushtumzo`rlar 'ning rasmi

Voyaga etmagan B.Yu o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq qo`lga kiritish maqsadida, 2018 yil 11 iyul kuni tahminan soat 17:00 larda Farg`ona shahar Yangi asr ko`chasida joylashgan “Globus” nomli savdo do`koni oldida, voyaga etmagan D.Ani uchratib qolib, undan yonida bo`lgan uyali telefon apparatini berishlikni talab qilib, D.Adan rad javobini eshitishganidan so`ng, uning qo`lida bo`lgan bir dona narxi 100.000 so`mlik “Miromaks” nomli telefon apparatini va ushbu telefon apparatiga o`rnatilgan bir dona narxi 50.000 so`mlik 4 GB xajmli “mikrochip”ni ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishib, D.Aga nisbatan hayot uchun havfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, bosh qismiga urib, tan jarohati etkazgan.

Shundan so`ng, jabrlanuvchi D.A voyaga etmagan B.Yu uning mulkini talonchilik yo`li tortib olishgani haqida akasi A.Aga aytib chaqirganida, B.Yu jinoiy sheriklari K.E va S.Elarni chaqirib, ular bilan birgalikda A.A va N.Alarni hayot uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, A.Aning boshqaruvidagi davlat raqami 40R620RA bo`lgan “Opel” rusumli avtomashinasida bo`lgan, bir dona narxi 250.000 so`mlik “Dexp” rusumli telefon apparati, bir dona narxi 500.000 so`mlik “Iphone 5” rusumli telefon apparati va N.Aga tegishli bo`lgan bir dona narxi 1.800.000 so`mlik“Red Mi 4 pro” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishgan. So`ngra jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritilgan “Red Mi 4 pro” rusumli telefon apparatini jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritilganligini aytmasdan fuqaro M.Hga 240.000 so`mga sotib yuborishib, pullarni o`z extiyojlari uchun sarflab yuborishgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining 2018 yil 15 noyabrdagi hukmi bilan sudlanuvchi K.Ega 166-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan Jinoyat kodeksining 60-moddasi tartibida 3 yil 1 oy ozodlidkan mahrum qilish jazosi, sudlanuvchi B.Yuga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ularga nisbatan jazo tayinlashda Yoshlar Ittifoqi va sudlanuvchilar yashaydigan MFY tomonidan berilgan kafillik xatlari inobatga olindi.

    Boshqa yangiliklar